Endi dehqonchilikka mo‘ljallangan yerni ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmaydi
Jamiyat
−
25 mart 2022
8227Kecha, 24 mart kuni O‘zbekiston Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.
Ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak edi.
Shuningdek, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilandi.
LiveBarchasi