Endi avtomobilga taqiq qo‘yilganini onlayn tekshirish mumkin
Jamiyat
−
03 Oktabr 2022
19900Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Avtomobil taqiqini tekshirish uchun ariza yuborish” yangi davlat xizmati ishga tushirildi.
Ushbu xizmat orqali yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtronsport vositalariga taqiq mavjudmi yoki yo‘yo‘qligini tekshirishlari mumkin.
Muhimi, avtotransport vositasi o‘zingizga tegishli bo‘lishi kerak.
Avtotransportni bosh ishonchnoma yoki ishonchnoma asosida boshqaruvchilar bu xizmatdan foydalana olishmaydi.
YAIDXP orqali taqiqni tekshirish xizmati – bepul. Javob ham bir zumda taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, mazkur xizmat orqali sud, ichki ishlar, soliq va bojxona organlari, Majburiy ijro byurosi, notarial idoralar tomonidan qo‘yilgan qarzdorlik, kredit majburiyati, ijro hujjati va boshqa sabablarga ko‘ra belgilangan taqiqlarni aniqlash imkoniyati mavjud.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr