Endi avtobus bekatlariga Wi-Fi va elektron tablo o‘rnatiladi
Jamiyat
−
25 noyabr 2023
4394Toshkent shahrida “aqlli” bekatlar joriy etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, bunday zamonaviy bekatlarda yo‘lovchilar mobil qurilmalarini quvvatlantirishi uchun sharoitlar yaratiladi, bekat Wi-Fi tarmog‘i bilan ta’minlanadi. Shuningdek, odamlar elektron tabloda kutilayotgan avtobus kelishiga qancha vaqt qolganligini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Bildirilishicha, bekat videokuzatuv tizimi bilan ham jihozlanishi va egallagan o‘rnining kengaytirilishi ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Muqimiy nomidagi teatr yonida avtomobillar uchun pulli to‘xtash joylari va elektr transport vositalarini quvvatlantirish joylari sinov tariqasida tashkil qilinadi. Ammo velosiped va samokat foydalanuvchilari uchun ushbu turargohdan foydalanish bepul bo‘ladi.
“Bu mazkur manzilda yo‘l bo‘yida to‘xtash joylari bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilashi va kikshering foydalanuvchilari uchun qo‘shimcha qulaylik bo‘lishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metropolitenida Face ID texnologiyasi orqali to‘lovni amalga oshirish sinovdan o‘tkazilgandi.
LiveBarchasi