Endi 14-18 yoshdagilar ham mustaqil bank kartasi ochishi mumkin

Jamiyat

image

Endilikda O‘zbekistonda 14-18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar o‘zlari mustaqil tijorat banklarida bank kartasini ochishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Markaziy bankning joriy yilning 11 noyabr kuni Adliya vazirligi ro‘yxatdan o‘tkazgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyrug‘ida so‘z boradi. 

Ushbu hujjat bilan foydalanuvchi sub’ektlarga ko‘ra bank kartalarining turlari kengaytirildi. Xususan:

  • Biznes bank kartasi – yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish imkonini beradi.
  • Ijtimoiy bank kartasi – ijtimoiy va boshqa to‘lovlardan tushgan mablag‘larni boshqarish uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartalarini chiqarish va ularni mobil ilovalar orqali foydalanuvchini identifikatsiyalagan holda aktivlashtirish tartibi belgilandi.

Endilikda 14-18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar o‘zlari mustaqil, 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida tijorat banklarida bank kartasini ochishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, mazkur hujjat bilan yuridik shaxslar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni korporativ bank kartalari orqali to‘lash imkoniyati yaratildi.


Maqola muallifi

Teglar

bank kartasi voyaga etmagan shaxslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing