Murodjon Ahmadaliyev Toshkentda tantanali kutib olindi (fotoreportaj)

Sport

image

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida (8-0, 6 KO) ikki yo‘nalishda jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadliyev vatanga qaytdi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida uni tantanali kutib olindi. 

Sportchini kutib olish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, senator Alisher Sa’dullayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, Boks federatsiyasi raisi o‘rinbosari Saken Po‘latov hozir bo‘lishdi. 

Murodjon Ahmadaliyev Milliy gvardiya cholg‘u ansambli musiqalari sadolari ostida kutib olindi. 

Eslatib o‘tamiz, Mayamida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalish chempioni bo‘lib turgan amerikalik Daniel Romangaga (27-3-1, 10 KO) qarshi ringga chiqib, 12 raund natijalariga ko‘ra, g‘olib bo‘ldi. Ikki hakam Murodjon Ahmadaliyevning 115-113 hisobidagi g‘alabasini taqdim etgan bo‘lsa, bitta hakam 115-113 hisobida Daniel Roman g‘alabasini e’tirof etdi.

Shu tariqa Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. Professional faoliyatidagi 8 ta jangida 8 ta g‘alabaga erishgan Ahmadaliyev tarixiy rekordni takrorladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Murodjon Ahmadaliyevga tabrik maktubini yo‘llab, uni “O‘zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirladi


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

308

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing