Endi hech kim Rossiyadan qo‘rqmaydi – Zelenskiy
Olam
−
29 dekabr 2022
13523Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga (parlamentga) an’anaviy yillik murojaatnoma bilan chiqdi. Davlat rahbari o‘z nutqida Ukraina avlodlar orzu qilgan g‘alaba sari intilayotgani, avval erishilmagan barcha narsa qo‘loga kiritilishini urg‘ulagan.
Prezident mamlakat qishdan omon chiqishiga va Rossiya “shahid”larining (Eronning 2Shahed” droni – tahr.) zarbalari Moskvaga yordam bermasligini aytdi.
“Bizning maqsadimiz Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash va hozirda asirlikda bo‘lganlarning barchasini ozod qilishdir. Shu bilan birga, bosqinchilarning harbiy jinoyatchilari uchun xalqaro tribunal bo‘lishi kerak”, deydi siyosatchi.
U fevral oyi oxiridan beri Kiyev Rossiya asirligidan mamlakatning 1456 nafar fuqarosini qaytarishga muvaffaq bo‘lganini eslatib o‘tdi.
“Biz G‘arbga o‘zini qayta kashf etishga va uning qanchalik hukmronligini his qilishga yordam berdik. Endi hech kim Rossiyadan qo‘rqmaydi. Aynan Ukraina Yevropa Ittifoqini birlashtirdi”, deydi Zelenskiy.
Shu bilan birga, u Ukraina harbiy-sanoat majmuasi dunyodagi eng progressivlaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.
Urush mavzusiga qaytgan Prezident Ukrainaga yangi xavfsizlik kafolatlari kerakligini ma’lum qildi.
“Biz hozir saqlashimiz kerak bo‘lgan narsa birlikdir. Ukraina barcha avlodlarimiz orzu qilgan g‘alaba sari intilmoqda. Ilgari erishilmagan hamma narsa bizda bo‘ladi! Hozir milliy birdamlik, faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bor”, deydi u.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat xavfsizligi uchun Afrika va Janubiy davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish ham muhim.
“Ukrainadan don” tashabbusiga 30 donor davlat qo‘shildi. Ukrainaning tiklanishi Yevropadagi eng yirik iqtisodiy loyiha bo‘ladi. Donbass va Qrim hududida “normal hayot”ni tiklaymiz. Biznes ham Ukrainaning himoyasi, soliqlar ham xavfsizlikdir. Bir yil ichida mudofaa uchun 1,2 trillion grivnadan ortiq mablag‘ ajratildi. Shuni esda tutish kerakki, bu pul, faqat ichki soliq va yig‘imlarga hisobiga shakllantirilgan, xalqaro yordam esa insonparvarlik maqsadlariga yo‘naltiriladi”, deydi Ukraina rahbari.
Uning qayd etishicha, xorijdagi millionlab ukrainaliklar qochqin bo‘lmasligi kerak.
“Biz ularni uyga qaytarishimiz kerak”, deydi Zelenskiy.
Zelenskiyning qariyb bir soat davom etgan nutqidan so‘ng harbiylar taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 24 fevraldan 26 dekabrgacha Rossiya bosqini oqibatida Ukrainada 6884 nafar tinch aholi (shundan 429 nafari bolalar) halok bo‘lgan.
Halok bo‘lganlar orasida 2719 nafar erkak, 1832 nafar ayol, 175 nafar qiz, 216 nafar o‘g‘il bola borligi qayd etilgan. Shuningdek, halok bo‘lganlardan 38 nafar bola va 1904 nafar kattalarning jinsi aniqlanmagan.
Yaralanganlar orasida 2364 nafar erkak, 1709 nafar ayol, 229 nafar qiz, 318 nafar o‘g‘il bola mavjud. Yaralangan 253 nafar bola va 6074 nafar kattalarning jinsi ham noma’lum.
LiveBarchasi