Emina Erdo‘g‘an Ziroat Mirziyoyevaga buyumlar bo‘laklaridan tayyorlangan suratini sovg‘a qildi
Jamiyat
−
12 noyabr 2022
11631Turkiy davlatlar tashkilotining 10-11 noyabr kunlari O‘zbekistonda o‘tkazilgan 9-sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga rafiqasi – mamlakat birinchi xonimi Emina Erdo‘g‘an hamrohlik qilgani haqida xabar bergan edik.
Birinchi xonimlarga O‘zbekiston Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva va to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva peshvoz chiqib, o‘zbekona mehmondo‘stlikni namoyish etdi. Birinchi xonimlar Samarqanddagi “Boqiy shahar” komleksi bilan tanishdi, “Lazgi” raqs-teatrini tomosha qildi, tasviriy va amaliyot san’at ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi.
Uchrashuv so‘ngida Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an Ziroat Mirziyoyevaga portret sovg‘a qildi. Ushbu portretda xonim Mirziyoyevaning surati aks etgan bo‘lib, u minglab buyumlar bo‘laklaridan tayyorlangan.
Gap shundaki, Emina Erdo‘g‘an Turkiyada nol chiqindi loyihasiga asos solgan. Bu loyiha tabiatni chiqindilarni tozalash, atrof-muhitga o‘ta kam miqdorda chiqindi chiqarishni nazarda tutadi. Ushbu loyiha joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida ham Turkiya tomonidan taqdim etilgan edi.
LiveBarchasi