Elton Jon baxtsiz hodisaga uchradi

Madaniyat-san’at

image

Britaniyalik qo‘shiqchi va bastakor Elton Jon baxtsiz hodisa oqibatida jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, baxtsiz hodisa 27 avgustdan 28 ga o‘tar kechasi xonandaning Nitssadagi villasida sodir bo‘lgan. U shu zahoti shifoxonaga olib kelingan. 

76 yoshli musiqachi uyida zinadan yiqilib tushgani va yengil jarohatlar olgani aytilmoqda. Ammo voqeaning boshqa tafsilotlari hali ochiqlanmagan. 

Ma’lumot uchun, Elton Jon 20 asr oxiridagi eng mashhur “shoumen”lardan biri. Shuningdek, u “Rolling Stone” jurnalining “Eng zo‘r ijrochilar” ro‘yxatida 49-o‘rinda turadi. Xonanda besh karra Grammy, ikkita Oskar va ikkita Oltin globus mukofotlarini qo‘lga kiritgan. 

Shuningdek, qo‘shiqchi o‘zining so‘nggi “Farewell Yellow Brick Road Tour” safari davomida jahon rekordini yangiladi. 14 iyun holatiga ko‘ra, qo‘shiqchi hali tugallanmagan jahon sayohatidan 887 million dollar ishlab topgan. Bundan tashqari, 2019 yilda “The Divide Tour” gastrolida 776 million dollar daromad ko‘rgan.  Ommaviy axborot vositalarining prognozlariga ko‘ra, Elton jonning so‘nggi gastroldagi daromadi 1 mlrd dollardan oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yana bir ikki karra Oskar mukofoti sovrindori, rejissyor Uilyam Fridkin 87 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar shifoxona qo'shiqchi Elton Jon jarohatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made