Elektronlarni o‘rgangan olimlarga Nobel mukofoti berildi
Olam
−
03 Oktabr 2023
4218Fizika bo‘yicha 2023 yilgi Nobel mukofoti Ogayo universitetidan Per Agostini (AQSH), Myunxendagi Lyudvig Maksimilian universiteti va Maks Plank institutidan Ferens Kraus (Germaniya) hamda Lund universitetidan Anne L’Huilliyer (Shvetsiya)ga nasib qildi. Bu haqdagi Nobel qo‘mitasi qarori bugun, 3 oktyabr kuni e’lon qilindi.
Yuqorida nomlari keltirilgan olimlar moddadagi elektronlar dinamikasini o‘rganish uchun yorug‘likning attosekundlik impulslarini hosil qiluvchi eksperimental usullarni o‘ylab topgani sababli mazkur mukofotga loyiq ko‘rilgan.
Ma’lumot uchun, 1901 yildan beri fizika bo‘yicha Nobel mukofoti hammasi bo‘lib 116 marta berilgan, uni 222 kishi qo‘lga kiritgan. Mukofot miqdori 10 million Shvetsiya kroni (435 400 AQSH dollari)ni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari amerikalik Jon Klauzer, fransiyalik Alen Aspe va avstriyalik Anton Saylingerlar bo‘lgandi. Ular kvant texnologiyasining yangi davriga asos solgan eksperimental vositalarni ishlab chiqqani uchun ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan. Undan oldingi Nobel mukofoti esa olimi Klaus Xasselman, italiyalik Jorjio Parizi va yapon-amerikalik Syukuro Manabega berilgandi. Hasselman va Manabe "Yer iqlimini fizik modellashtirish, o‘zgaruvchanlikni miqdoriy tahlil qilish va global isishni ishonchli bashorat qilish" uchun mukofotlangan. Parizi "atomlardan sayyoralargacha bo‘lgan miqyosdagi fizik tizimlarda tartibsizlik va tebranishlarning o‘zaro ta’sirini kashf etgani" uchun mukofotga sazovor bo‘lgan.
LiveBarchasi