Elektron tijorat va MIZ ishtirokchilariga soliq imtiyozlari beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda elektron tijorat ishtirokchilari va yangi yerlarda barpo etilgan bog‘lar uchun yer solishi imtiyozi berilishi kutilmoqda. Bu haqda kecha, 25 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yig‘ilishida muhokama qilingan “O‘zbkiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi bilan elektron tijorat ishtirokchilariga, ularning milliy reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qat’i nazar foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlarga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozli davr uch yildan besh yilga uzaytirilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, 2022 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’ektlariga soliq imtiyozlari berish nazarda tutilmoqda. Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Fraksiya yig‘ilishida, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga imtiyozlar berish ko‘zda tutilgan — “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 473-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” qonun loyihasi ham qizg‘in muhokama qilinib, qo‘llab-quvvatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

soliq imtiyoz

Baholaganlar

20

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing