“Hududlarda elektr ta’minotida uzilish kuzatilishi mumkin”. To‘raqo‘rg‘on IES favqulodda to‘xtatildi

Jamiyat

image

Namangan viloyatidagi “O‘ztransgaz” AJga qarashli magistral gaz quvuriga noma’lum shaxslar shikast yetkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Namangan viloyatidagi magistral gaz quvuri o‘tgan yer maydonida noma’lum shaxslar tomonidan kelishmasdan yerni qazish ishlari olib borilganligi natijasida gaz quvuriga shikast yetgan.

“Ushbu gaz quvuri To‘raqo‘rg‘on IESni yoqilg‘i bilan ta’minlaydi. Mazkur gaz quvuriga yetkazilgan shikast natijasida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi favqulodda to‘xtatildi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda nosozliklarni bartaraf etish, shuningdek, elektr ta’minoti uchun zaxira quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.

“Boshqa elektr stansiyalarida zaxira energobloklarini ulash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun ma’lum vaqt zarurligini inobatga olgan holda, ayrim hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deya yakunlangan vazirlik bayonoti.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi

Baholaganlar

306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing