Elektr energiyasidan qarzini to‘lamagani uchun butun Livan “svet”siz qoldi
Olam
−
17 avgust 2023
7278Livanda ikkita elektr stansiyasi faoliyati to‘xtatilganidan keyin butun mamlakatda elektr ta’minoti uzildi. Bu haqda “Sky News Arabia” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat shimolidagi Dayr Ammar va janubdagi Az-Zahra elektr stansiyasida elektr energiyasi uzilgan. Shundang so‘ng, butun mamlakat elektr ta’minotisiz qolgan.
Gap shundaki, bir kun avval elektr stansiyasi operatori xorijiy valyutadagi qarzlar to‘lanmagani uchun elektr uzilishi haqida ogohlantirgan.
Qarz 83 million dollarni tashkil etadi. Bu mablag‘dan Livanning Electricit du Liban davlat kompaniyasi Primesouth issiqlik elektr stansiyasi operatoriga atigi 2 million dollar to‘lagan.
Shundan so‘ng, davlat muassasalaridan tortib Bayrut xalqaro aeroportigacha elektr energiyasisiz qolgan. Ushbu joylarda vaqtinchalik generatorlardan foydalaniladi.
Livan hududlariga ichimlik suvi yetkazib beradigan stansiya ishini to‘xtatgan. Ikkita issiqlik elektr stansiyasi Livanni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan yagona manba hisoblanadi. Ular 550 MVt quvvat ishlab chiqaradi.
Bu Livanning birinchi marta elektrsiz qolishi emas. Ya’ni 2022 yilda ham shunday voqea sodir bo‘lgan. Bayrut yaqinidagi Aramun qishlog‘idagi elektr stansiyasi bo‘yicha mojaro tufayli elektr ta’minoti to‘xtatilgan. Mahalliy aholi elektr energiyasining muntazam uzilishiga qarshi norozilik namoyishlari paytida stansiyaga bostirib kirgan.
LiveBarchasi