Eldor Shomurodov: “Rossiyada ham vaziyat og‘ir”
Sport
−
13 aprel 2020
8550O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi va Rossiyaning "Rostov" futbol klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ayni damda Rostov shahrida bo‘lib turibdi. Shomurodov Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida quyidagilarni so‘zlab berdi.
"Rossiyada ham boshqa davlatlar kabi vaziyat og‘ir. Dorixona va supermarketlar ishlab turibdi, bu yerdagi aholi faqat oziq-ovqat va dori-darmon sotib olish uchun uylaridan ko‘chaga chiqmoqda. Shaharda odamlar zaruratsiz tashqariga chiqmayapti. O‘ylaymanki, tez orada vaziyat o‘nglanadi va odamlar doimiy hayot tarziga qaytadi. Biz ham karantinda zaruratsiz uydan ko‘chaga chiqmayapmiz. Murabbiyimiz bergan ko‘rsatmalarga asosan uy sharoitida mashg‘ulot o‘tkazyapmiz. Bularning barchasi yaxshilikka bo‘lishiga umid qilaman", dedi Eldor Shomurodov.
Ma’lumot o‘rnida, Eldor Shomurodov 2017 yil Toshkentning "Bunyodkor" klubidan "Rostov" jamoasiga transfer qilingan. Futbolchi joriy yil "Rostov"da 22 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qilgan. U ayni damda Rossiya chempionatining to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Shomurodov "Rostov" jamoasiga ko‘chib o‘tgandan beri jami 65 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga 16 ta gol kiritgan. Hozirgi holatga ko‘ra, "Rostov" Rossiya chempionati turnir jadvalida 38 ochko jamg‘argan holda 4-pog‘onani egallab turibdi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, Rossiyada 15 770 nafar odam koronavirus yuqtirib olgan. 130 kishi esa ushbu infeksiya tufayli vafot etgan. COVID-19 dan shifo topganlar 1291 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi