Elchixona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Olam

image

Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari ikki mamlakat o‘rtasida aviaqatnov tiklangach, 1 oy muddatda vizasi yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muddatini qaytadan rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qildi.

“Turkiya Respublikasi yangi turdagi koronavirus COVID-19 epidemiyasi tufayli parvozlarning bekor qilinishi sababli, viza/vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muhlatlari o‘tkazib yuborilgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan jazolar qo‘llanilmasligi haqida Turkiya hukumati tomonidan qaror qabul qilingan edi.

Turkiya Respublikasida epidemiologik vaziyatni barqarorlashib borishi, qator xorijiy davlatlar bilan aviaqatnovni tiklanishi sababli, Turkiya hukumati bu yo‘nalishda qo‘shimcha choralar qabul qilmoqda. Hususan, Turkiya IIV tomonidan tarqatilgan yo‘riqnomaga asosan, mamlakat hududini ma’lum sabablarga ko‘ra tark etmagan chet el fuqarolari (transport aloqalari to‘xtatilgan vaqtdan vaziyat normallashgan muddatga qadar), hamda kirish vizasi va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muhlatlari o‘tkazib yuborilgan xorijiy fuqarolar, Turkiyaning o‘z davlatlari bilan transport qatnoviga ruxsat berilganidan so‘ng bir oylik muhlatda chiqib ketishlari yoki viza/vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muddatini qaytadan rasmiylashtirishlari zarur.

Shu sababli, Turkiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga Turkiya tomonidan qabul qilingan ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, koronavirus kasalligidan o‘zini himoyalash bo‘yicha barcha zarur talablarga rioya etish tavsiya etiladi”, deyilgan elchixona xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning 15 iyundina xalqaro aviaqatnovlarni qayta yo‘lag qo‘yish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari ham ishlash va o‘qish uchun xorijiy davlatlarga chiqishiga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing