“Elba ruhi”: Putin va Tramp 75 yillik yubiley munosabati bilan qo‘shma bayonot berdi
Olam
−
26 aprel 2020
8398Kecha, 25 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Tramp Elbadagi uchrashuvning 75 yilligi munosabati bilan qo‘shma bayonot berdi. Bu haqda Kreml va Oq uy rasmiy saytlari ma’lum qildi.
“2020 yil 25 aprelda sovet va amerika askarlari Elba daryosidagi talafot ko‘rgan ko‘prikdagi tarixiy uchrashuviga 75 yil to‘ldi. Bu voqea fashistik rejimning to‘la mag‘lubiyatining darakchisi bo‘lgandi.
Elbadagi uchrashuv – 1942 yildagi Birlashgan millatlar deklaratsiyasi doirasida birlashgan ko‘plab davlat va xalqlarning birgalikdagi harakatlarining eng qizg‘in nuqtasi edi. Bu birgalikdagi kurash ko‘plab harbiy harakatlar maydonida millionlab askarlar, matros va tinch aholining qurbon bo‘lishini talab qilgan.
Shuningdek, butun dunyoda foydalanish uchun mehnat frontida ulkan miqdorda harbiy mahsulot ishlab chiqargan millonlab erkak va ayollarning hissasini tan olamiz. Ishchilar va front ortidagi korxonalar ittifoqchi kuchlarni g‘alaba uchun kerak bo‘lgan vositalar bilan ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynagan.
“Elba ruhi” mamlakatlarimiz o‘zaro qarama-qarshiliklarni chetga surib, umumiy maqsad yo‘lida o‘zaro ishonch hosil qilib, hamkorlik qilishi mumkinligini isbotladi. Bugun XXI asrning yanada eng jiddiy muammolariga qarshi kurashib, biz fashizmni yengish uchun birgalikda kurashganlarning matonati va jasoratiga hurmat ko‘rsatamiz. Ularning qahramonliklari hech qachon unutilmaydi”, deyiladi bayonotda.
LiveBarchasi