“El-klasiko” murabbiylar nigohida

Sport

image

“Barselona” va “Real” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng ikki jamoa murabbiylari o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Birinchi bo‘limda raqibga yetarlicha qarshilik ko‘rsata olmadik va o‘yin sur’atimiz ham yuqori emas edi, shu sababdan ular tashabbusga ko‘proq ega bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limda esa biz o‘yinni nazorat qildik. Ijobiy natija va finalga chiqqanimizdan xursandmiz, ammo kamchiliklar ustida ishlashimiz kerak. Luis Suaresning ajoyib futbolchi ekanligini bilamiz buni uning statistikasi ham ko‘rsatib turibdi”, deya fikr bildirdi “Barselona” ustozi Valverde.

Madridliklar ustozi Solari esa: “Futbolda yuzaga keltirgan vaziyatlaringni golga aylantira olish juda muhim. Biz birinchi  o‘tkazib yuborgan goldan so‘ng ham ko‘plab vaziyat yaratdik. Ammo bizda ulardan foydalanishda muammolar yuzaga keldi. Bizda o‘ylash uchun umaman vaqt yo‘q va tezda kelasi o‘yin uchun qayta olishimiz kerak”, deb aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, shanba oqshomida bu ikki jamoa yana bir bor Ispaniya poytaxtida premeroning navbatdagi tur bahsida o‘zaro o‘yin o‘tkazadilar.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barselona Real Val'verde Solari

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing