“El-klasiko”da terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Sport

image

“Barselona” va “Real” o‘rtasidagi “El-klasiko” o‘yinlaridan birida “Spotify Camp Nou”da portlovchi moddalar o‘rnatilgan dron yordamida terakt rejalashtirilgan edi. Bu ishda asosiy gumondor bo‘lgan Muhammad Yasin Amroniy uch yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda AS nashri xabar qildi.

Manba xabariga ko‘ra, prokurorlar dastlab Amroniyning terrorchilik tashkilotlariga aloqadorligi uchun unga to‘qqiz yil qamoq jazosi berishni so‘ragan. Sud tomonidan Amroniy uch yillik qamoq jazosi hukm qilindi. Terrorchi bir muddat Kataloniya poytaxtida yashagan. U barcha tayyorgarlik ko‘rsatmalarini Telegram orqali olib turgani ma’lum bo‘ldi. 

Tergov hujum qachon, qaysi yildagi “El-klasiko” vaqtida rejalashtirilgani haqida ma’lumot bermagan. 

Shuningdek, terrorchilar Barselonadagi Sagrada Familia yaqinida va Eyfel minorasi yonida teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

El'-klasiko

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing