“El-klasiko”dagi bahsli vaziyat bo‘yicha VAR suhbati chop etildi

Sport

image

Ispaniya futbol federatsiyasi “Real Madrid” – “Barselona” (3:2) uchrashuvi bosh hakami Sezar Soto Gradoning VAR hakamlari bilan 28-daqiqadagi bahsli vaziyat bo‘yicha suhbatini e’lon qildi.

O‘sha daqiqada burchak to‘pidan so‘ng Lamin Yamal “qaymoqranglilar” darvozasiga zarba berdi, uning zarbasini Andrey Lunin qaytardi, biroq Yamal yo‘llagan to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tgan-o‘tmaganini aniqlab bo‘lmadi.

Grado VAR'dagi hakamlar bilan suhbatdan so‘ng to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tmagan, degan qarorga keldi.

Bosh hakam va VAR suhbati:

VAR: “Keling, tekshiramiz, Sezar, biroz kuting, o‘yinni boshlamang”.

Soto Grado: “Kutamiz. Yo‘q, golni avtomatik qayd qilish tizimi yo‘q. Biz VAR'ning qarorini kutamiz. Balki gol bo‘lgandir”.

VAR: "Serxio, bir soniya kuting, biz 360 graduslik kadrni ko‘ramiz, chunki bizda kerakli burchak yo‘q”.

Soto Grado: “Umid qilamanki, bu kadr bizda bor”.

VAR: “Luninning tanasi ko‘rish imkoniyatini keskin kamaytirgan. Bir soniya kuting. Biz hali ham kerakli kadrni izlayapmiz”.

Soto Grado: “Biz shoshilmayapmiz, bu juda muhim qaror, barcha kameralarni tekshiring”.

VAR: “Kerakli kadr yo‘q. Vaziyat bo‘yicha boshqa kameralar yo‘qligini tasdiqlaymizmi?”

Soto Grado: “Kutamiz”.

VAR: “Sezar, biz o‘yinni burchak to‘pi bilan qayta boshlash qaroriga keldik, bizda to‘p chiziqni kesib o‘tganiga isbot yo‘q, shuning uchun o‘yin burchak to‘pi bilan qayta boshlanishi kerak. Burchak zarbasi”.

Holat bo‘yicha “Barselona” prezidenti Joan Laporta agar hakamlar Lamin Yamalning zarbasidan so‘ng “El-klasiko”da kataloniyaliklarning goli bo‘yicha xatoga yo‘l qo‘ygani isbotlansa, La Liga rahbariyatidan “Real” bilan o‘yinni takror o‘tkazishni talab qilmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Madrid El'-klasiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing