“Real” muxlislari Xavini “Barselona”da qolishini xohlamoqda (video)
Sport
−
22 aprel 2024 3463 1 daqiqa
“Real Madrid” muxlislari “Barselona” murabbiyini almashtirmasligini istamoqda. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 22 aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan “El-klasiko”da “Santyago Bernabeu”dagi tomoshabinlar “Xavi, qol!”, deb hayqirgan.
Yanvar oyi oxirida 44 yoshli mutaxassis mavsum yakunida “Barselona”ni tark etish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. “Ko‘k-anorranglilar” ketma-ket 4 ta “klasiko”da mag‘lub bo‘ldi. Kataloniyaliklar oxirgi marta madridliklarni 2023 yilning mart oyida Ispaniya chempionati 26-turi doirasida o‘z uyida 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Real futbolchisi Vinicius Junior “El-klassiko”lar tarixida eng ko‘p gol urgan braziliyalik futbolchiga aylangani xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025