Ekvadorda dahshatli zilzila yuz berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Kecha, 18 mart kuni Ekvadorda 6,7​​ magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.

Tabiiy ofat epimarkazi 32 ming kishi istiqomat qiladigan Naranxal shahridan 17 km janubi-g‘arbda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 85 km chuqurlikda joylashgan.

Qayd etilishicha, yer silkinishi oqibatida hozirgacha 13 kishi halok bo‘lgan. Kamida 126 nafar shaxs jarohatlangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 50 ga yaqin turar-joy binosi shikastlangan, 7 tasi butunlay vayron bo‘lgan. Shuningdek, 17 ta ta’lim muassasasi, 31 ta tibbiyot punkti binolari zarar ko‘rgan.

Ushbu zilzila mamlakatning 24 viloyatidan 13 tasida sezilgan.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Ekvador

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing