Ektor Kuper O‘zbekistonning o‘yinini kuchaytirish uchun nima qilish lozimligini aytdi
Sport
−
25 mart 2019
6066Avvalroq “Shina Cup 2019” musobaqasi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy ustidan 0:1 hisobida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edik.
Uchrashuvdin keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida o‘zbekistonliklar bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda O‘FF Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Bugun gol kiritish uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. Ammo faqat ularning bittasidan unumli foydalandik. Biz kelgusida bu yo‘nalishda ish olib boramiz. O‘ylaymanki, bu musobaqadan o‘rin olgan o‘yinlar biz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Endilikda xato va kamchiliklarni tahlil qilib chiqamiz. Avval ham aytganimdek, bor e’tiborimiz Jahon chempionati saralashiga qaratilgan”, deydi argentinalik mutaxassis.
Shuningdek Kuper Otabek Shukurovning jiddiy jarohat olganligini ma’lum qildi. Terma jamoa shifokorlari Shukurovning kamida ikki oyga safdan chiqqan deb hisoblamoqda.
“O‘zbekistonning Xitoyga qarshi avvalgi o‘yinlari bilan bugungi o‘yinni solishtira olmayman. Men avvalgi o‘yinlarda terma jamoa bosh murabbiyi emasdim. Ammo Xitoyda tarkibda yangi futbolchilar borligi bilaman. Kannavaro ular bilan yaxshi jamoa shakllantira olishiga ishonaman. Xitoy ham biz kabi bor e’tiborini Jahon chempionati saralashiga qaratgan. O‘ylashimcha, Qatar 2022 ga chiqish uchun Osiyodagi barcha terma jamoalar qattiq kurash olib borishadi. Biz yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni sarflaymiz”, deb aytib o‘tgan Ektor Kuper matbuot anjumani yakunida.