Ekspertlar eng ishonchli avtomobil brendlari reytingini tuzdi

Texnologiya

image

Amerikaning “Consumer Reports” jurnali tahlilchilari dunyoda eng ishonchli avtomobil ishlab chiqaruvchi brendlar reytingini tuzdi. Reytingda yapon avtomobilsozlari eng yuqori o‘rinlarni egallagan.

Xususan, Mazda kompaniyasi reytingda birinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya 100 balldan 83 ball to‘plagan. Mutaxassislar MX-5 Miata, CX-30, CX-3 modellarini eng ishonchli deb topgan.

Ikkinchi o‘rinni 74 ball yig‘gan boshqa bir yapon kompaniyasi Toyota egalladi. Ekspertlar Prius, Corolla va Prius Prime modellari ishonchli ekanini alohida urg‘ulagan. 

Kuchli uchlikka ham yapon kompaniyasi Lexus yakun yasagan. Kompaniya 10 balldan 71 ball to‘plagan. Kompaniyaning UX, NX va GX modellari eng ishonchli deb topilgan.

Kuchli o‘ntalikka Buick (o‘tgan yilgiga qaraganda 14 pog‘ona yuqorilagan), Honda, Hyundai, Ram, Subaru, Porsche va Dodge kabi avtomobilsozlar kirgan. 

Reyting oxirgi yil ichida avtomobilidagi nosozliklardan shikoyat chilgan 330 ming haydovchi murojaatlari asosida tuzilgan. Yakuniy natija poligondagi sinovlardan olingan natija va haydovchilarning o‘z avtomobilidan qanchalik mamnun ekani bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov hamda mashinaning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlani birlashtirgan holda chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

avtomobil'

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing