Ekologlar uchun faxriy unvon ta’sis etiladi

Jamiyat

image

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Qonun loyihasi 6 moddadan iborat.

Qonun loyihasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvoni ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, ekologik nazoratni amalga oshirish, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish, chiqindilarni qayta ishlashni tashkil etish, o‘simlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash hamda ko‘paytirish, o‘rmonlar, muhofaza etiladigan hududlar va yashil hududlarni tashkil etish va saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida katta xizmatlari uchun ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda o‘rmon xo‘jaligi organlari, sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlarining yuqori malakali xodimlariga, inspektorlariga, qo‘riqchilariga, muhandislariga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga berilishi nazarda tutilgan.

Ko‘krak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida bo‘ladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ekolog

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing