Toshkentda brakonerlar ekologlarga eshkak bilan hujum qildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida ekologlarga qayiq eshkaklari bilan hujum qilgan brakonerlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 29 aprel kuni Toshkent viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo daryosi oqimi bo‘ylab ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Tekshirish davomida daryoning Oqqo‘rg‘on tumani, "Eltamg‘ali" MFY, Ko‘rik qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismida 2 nafar fuqaro tomonidan motorli qayiq va to‘r yordamida "O‘zbekiston Respublikasida ov qilish Qoidalari"ga zid ravishda baliq ovlanayotganligi aniqlangan.

Brakonerlardan ov qilishni to‘xtatish so‘ralganida, ular ekologiya inspektorlariga qayiq eshkaklari bilan hujum qilib, ularni urib suvga yiqitishgan va voqea joyidan qochishgan.

Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan 2 may kuni yuqoridagi 2 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Sirdaryo ekolog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing