Ekologiya qo‘mitasining mas’ul lavozimlariga rahbarlar tayinlandi
Jamiyat
−
12 aprel 2019 7439 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11 aprel kuni imzolagan qarorlari bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisiga ikki o‘rinbosar tayinlandi.
Qarorga ko‘ra, Ibratjon Alijonovich Karimov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Habibulla Ziyadullayevich Husanov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.