Ekologiya qo‘mitasi sobiq IIB oldidagi archalarning kesilishiga izoh berdi
Jamiyat
−
28 avgust 2019
4191O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Shastri ko‘chasi sobiq tuman IIB binosi yonidagi 25 ta 20-30 yoshli ignabargli daraxtlarning kesilishiga izoh berdi.
Qayd etilishicha, archa daraxtlari o‘sib, sobiq IIB binosi oldidan o‘tkazilgan 110 kiloVolt kuchlanishli “L-Vodil-1,2” liniyalariga tega boshlagan.
Bu o‘z navbatida elektr tarmog‘ining ekspluatatsiyasi va odamlarning xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkinligi hamda mazkur elektr tarmog‘i Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Yunusobod tumanlaridagi maishiy va yuridik iste’molchilarga xizmat qilishi ta’kidlangan.
“Yuqorida keltirib o‘tilganlarni hisobga olib, ko‘rsatib o‘tilgan tumanlarni elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlash, yuqori kuchlanishli 110 kV “L-Vodil-1,2” elektr liniyasining favqulodda uzilishining va inson hayoti bilan bog‘liq boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quriqlanadigan yerdagi daraxtlarni kesishga ruxsat berildi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
LiveBarchasi