Yoqutistonda mahalliy fuqaroning o‘ldirilishi tufayli o‘nlab odamlar namoyishga chiqdi
Olam
−
24 yanvar
8917Bugun, 24 yanvar kuni Yoqutiston (Saxa) respublikasida mahalliy aholining Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan tojikistonlik fuqaro bilan uyushtirilgan nizoda halok bo‘lishi ortidan o‘nlab odamlar norozilik namoyishiga chiqdi. Bu haqda “SakhaDay” xabar berdi.
Qayd etilishicha, namoyishchilar shaharning bir necha ko‘chalari bo‘ylab yurishgan, shundan so‘ng politsiya ularni hibsga olishni boshlagan. Yoqut shahar sudi 18 yoshli tojikistonlik yigitni ikki oyga hibsga olgan. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qotillik) 1-qismi bo‘yicha ayblangan.
Sud uni 2024 yil 21 martgacha hibsda saqlashga qaror chiqargan.
“Qaror qonuniy kuchga kirmagan va ayni paytda uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin”, deb xabar beradi “Sakhapress” portali.
Huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, qotillik shahar klublaridan birida ro‘y bergan maishiy mojarodan keyin sodir bo‘lgan.
Mojarodan bir kun o‘tib, uning ishtirokchilari vaziyatni hal qilish uchun yana uchrashgan. Oqibatda janjal kelib chiqqan va uch kishi pichoqlangan, ulardan biri vafot etgan.
Yoqutiston rahbari Aysen Nikolayev sodir bo‘lgan voqeani izohlar ekan, gumonlanuvchining Rossiya fuqaroligini "olish holatlarini" aniqlashga va’da bergan.
Yoqutiston Tashqi aloqalar vazirligi tojiklar jamiyati raisi Xodi Oevning videomurojaatini e’lon qildi. Unda u butun xalqni bir kishi tomonidan hukm qilmaslikka chaqirgan.
Yoqutiston Ichki ishlar vazirligi aholini ijtimoiy tarmoqlardagi provokatsiyalarga berilmaslikka, norozilik namoyishlariga chiqmaslikka chaqirgan.
LiveBarchasi