Yoqilg‘i narxi keskin oshadi, sanksiyalar bumerang kabi qaytmoqda 

Olam

image

Rossiyaga qarshi joriy etilgan “do‘zaxiy” sanksiyalar G‘arbning o‘ziga bumerangdek qaytmoqda. Global inflyatsiya ortib boryapti. Aftidan, Yevropada iqtisodiy tanazzul boshlanib, butun dunyoga tarqalishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida so‘z yuritdi.

Unga ko‘ra, yoqilg‘i narxi keskin oshadi. Jazavaga tushgan G‘arb davlatlari yetakchilarining bayonotlariga qaramay, barcha davlatlar ham bunday tanazzulni muvaffaqiyatli yengib chiqa olmasligi ayon bo‘lmoqda. Avvalgi iqtisodiy inqiroz oqibatlari birinchi navbatda oddiy xonadonlarda sezilgan.

“Xullas, banklarimizni blokirovka qilish jiddiy natija bermadi. Bu, aniqroq aytganda, Rossiyaning oddiy fuqarolariga qattiq zarba berishdir. Lekin, fuqarolarimiz Rossiya to‘lov tizimiga kirish huquqini saqlab qoldi va undan foydalanishi mumkin. Rossiyaga energiya resurslarini eksport qilishni taqiqlash hozirgacha faqat oddiy G‘arb iste’molchilariga —avtomobil egalariga, gaz bilan isitiladigan uylarning aholisi va boshqalarga ta’sir qildi. Yana nima bor? Ha, albatta, hashamatli segment sotuvchilarning mamlakatimizdan ketishi”, deydi siyosatchi.

Uning ta’kidlashicha, G‘arb Rossiyani global miqyosda cheklay olmayapti.

“Albatta, Rossiyada haqiqiy qiyinchiliklar bor. Ular bizni global qiymat zanjirlaridan, xalqaro mehnat taqsimotidan, ishsizlikning kuchayishidan va iqtisodiy xaosga botib ketishdan ajratib qo‘yishga harakat qilmoqda. Shunga qaramay, Rossiyani global miqyosda cheklab bo‘lmaydi. Biz bunday bo‘lishini bashorat qilgandik va hujumlarga tayyor edik. Bu Yevropa va xorijdagi “do‘stlarimiz” uchun uyat”, deydi Medvedev.

Unga ko‘ra, raqiblari o‘zlarining samarasiz ishlarini davom ettirar ekan, dunyo asta-sekin jahon iqtisodiy munosabatlarining yangi mantig‘iga va yangilangan moliyaviy tizimga o‘tadi.

“Boshqa davlatlarning hisoblarini muzlatib qo‘yayotgan, o‘zgalarning biznes va shaxsiy mulkini o‘g‘irlagan, muqaddas xususiy mulk huquqini mutlaq himoya qilish tamoyillariga putur yetkazayotganlarga ishonish mumkin emas”, deydi Medvedev.

Avvalroq, Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalar tufayli qulab tushmasligini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, G‘arb mamlakatlari Ukrainada boshlangan urushga javoban Rossiyani har tomondan siquvga olib, og‘ir sanksiyalarni qo‘llay boshladi. Rubl kursi quladi, Rossiya banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. Markaziy bankning xorijdagi oltin-valyuta zaxiralari bloklandi. Millarderlarning ham chet eldagi ko‘plab hisoblari muzlatildi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1003

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing