Yog‘ingarchilik sabab Toshkentda Amir Temur shoh ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
06 iyun 2019
5704Toshkent shahrida kuzatiladigan yog‘ingarchilik oqibatida hududlarda suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida drenaj tizimlarini reja asosida yangilash va ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
6 iyun kuni Amir Temur shoh ko‘chasining “Toshkentland” bog‘idan Radisson mehmonxonasigacha bo‘lgan qismidagi drenaj quvurlari yangilanishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan yo‘lning mazkur qismi 6 iyun kuni kechki soat 23:00dan 7 iyun tonggi soat 6.00 gacha bo‘lgan vaqt davomida yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
LiveBarchasi