Ertaga aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
15:13 3150 2 daqiqa
O‘zgidromet, ertaga, 6 mart kuni kuzalitadigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Horazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Ustyurtda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdary, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor aytilgan. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3, -2 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘lishi aytilgan.