Eddi Xou “Nyukasl Yunayted”ni tark etadi – Romano
Sport
−
14:08 215 1 daqiqa
Angliyalik murabbiy Eddi Xou yaqin kunlarda “Nyukasl Yunayted” bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qildi.
Romanoning ma’lum qilishicha, hozircha Eddi Xouning bu qarorga kelish sabablari ochiqlanmagan.
Jurnalist Devid Ornshteynning xabar berishicha, 48 yoshli mutaxassis “Nyukasl” rahbariyatiga murabbiylik faoliyatidan qisqa tanaffus olish hamda so‘nggi besh yil davomida egallab kelgan lavozimini tark etish niyati haqida ma’lum qilgan.
Eddi Xou faoliyati davomida “Bornmut” va “Byornli” klublarini ham boshqargan. Uning qo‘l ostida “Nyukasl Yunayted” 2024-2025 yilgi mavsumda Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda “qarg‘alar” laqabiga ega klub Angliya Premer-ligasini 12-o‘rinda yakunladi. Chempionlik esa “Arsenal”ga nasib etdi.
Live
Barchasi