ECOWAS Nigerga qo‘shin kiritishga tayyorlanyapti

Olam

image

G‘arbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatiga (ECOWAS) a’zo davlatlar Nigerda harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bu haqda Nigerning Parijdagi elchisi Ayshatu Bulama Kane ma’lum qildi.

“Men hozir tayyorgarlik ko‘rilayotganini bilaman. Bu amaliyotda Benin, Kot-d'Ivuar va Senegal Niger bilan birga bo‘ladi”, degan elchi.

Shu bilan birga, Bulama Kane Nigerdagi vaziyatni hal qilish uchun tinchlik muzokaralari imkoniyatlari hali tugamaganini qayd etgan. 

“Menimcha, ECOWAS delegatsiyasining muvaffaqiyatsizligi haqida gapirishga erta, chunki hali ham aloqa o‘rnatish mumkin. Bu delegatsiya Nigerda hokimiyatdan foydalanadigan odamlarni o‘z ichiga oladi va inqirozni hal qilish uchun maxfiy muzokaralar o‘tkazish uchun hali ham imkoniyatlar mavjud “, deydi diplomatik missiya rahbari.

Ma’lumot uchun, 30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan favqulodda sammitda ECOWAS yetakchilari isyonchilardan Prezident Bazumni zudlik bilan ozod qilish va lavozimiga qaytarish hamda mamlakatda konstitutsiyaviy tartibini tiklashni talab qilgan. ECOWAS davlatlari Niger harbiylariga ushbu talablarini bajarish uchun bir hafta vaqt bergan. ECOWAS isyonchilarga qarshi Nigerda konstitutsiyaviy tuzumni tiklash uchun barcha zarur choralarni ko‘rish bilan tahdid qildi va kuch qo‘llashni istisno qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nigeriyaning sobiq prezidenti general Abdusalami Abubakar boshchiligidagi ECOWAS vositachilari delegatsiyasi Nigerga isyonchilar rahbariyati bilan uchrashish va jamoa yetakchilarining talablarini taqdim etish uchun borgan, biroq Nigerning hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti Muhammad Bazum bilan ham, isyonchilar yetakchisi general Abdurahmon Chiani bilan uchrashmasdan mamlakatni tark etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing