Samarqandda Islom Karimov xotirlanyapti

Jamiyat

image

Bugun, 30 yanvar – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni. Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan va ayni paytda mangu orom topgan Samarqand shahrida ham xalqning buyuk farzandi tug‘ilgan kuni keng nishonlanib, u yod etilmoqda.

Bugun, 30 yanvar erta tongda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va jamoatchilik vakillari shahardagi Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Samarqandликлар Islom Karimovни yod этмоқда

Shundan so‘ng Registon maydoni yaqinida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yildi.

Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida o‘zbek xalqi qalbidan chuqur joy olgan. U o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan O‘zbekiston tarixida tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

photo5301089477470563966.jpg

Eslatib o‘tamiz, poytaxt Toshkentda Islom Karimov xotira haftali o‘tkazilyapti. Haftalik doirasida Toshkent fotosuratlar uyida “Islom Karimov: Ulkan tarixiy davrni mujassam etgan inson” nomli fotoalbom taqdimoti o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov

Baholaganlar

122

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing