Ebolaning yangi to‘lqini boshlandi. 5 kishi vafot etdi

Olam

image

Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebolaning yangi to‘lqini qayd etildi. Besh kishi, shu jumladan 15 yoshli qiz kasallikdan vafot etdi. Bu haqda "The New York Times" nashri xabar berdi.

UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, jami to‘qqizta holat qayd etilgan. Bemor 18 maydan 30 maygacha bo‘lgan muddatda vafot etgan.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Gebreyesus mamlakatning shimoli-g‘arbiy ekvatorial viloyatida kasallikning oltita holati qayd etilgani haqida xabar bergan edi.

Bu mamlakatda o‘limga olib keladigan virusning 11-to‘lqini. JSSTning bayonotiga ko‘ra, koronavirus bilan kurashayotgan KDRning sharqiy qismida Ebola tarqalishi so‘nggi bosqichga yetgan.

Afrikaning markazida joylashgan Respublikada 3 195 ta koronavirus holati va 72 kishining o‘limi qayd etilgan. Bugungi kunda qadar mamlakatdagi eng yomon epidemiya qizamiq bo‘lib qolmoqda. Kasallikka qariyb 370 ming kishi chalingan. 2019 yildan beri qizamiqdan 6 779 kishi vafot etgan.

JSSTning taxminlariga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusining yangi avji kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, eng yomon Ebola epidemiyasi 2014-2016 yillarda Liberiya, Serra-Leone va Gvineyada qayd etilgan. Ushbu epidemiya davrida 28 000 dan ortiq odam kasallangan va 11 000 dan ortiq odamlar vafot etgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

JSST Kongo Demokratik Respublikasi Ebola

Baholaganlar

392

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing