Eboladan o‘lganlar 130 dan kishidan oshib ketdi
Olam
−
14:14 1134 2 daqiqa
Ebola yuqtirganlikda gumon qilinganlar 500 dan va ushbu bezgakdan o‘lim holati 130 dan oshdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevada o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 79-sessiyasi yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Hozirgi vaqtda bizga Ebola bilan kasallanishda gumon qilingan 500 dan ortiq holat va 130 dan ortiq o‘lim holati ma’lum”, deydi u.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) shimolida 30 ta, Ugandada esa 2 ta kasallanish holati rasman tasdiqlangan. Yuqtirganlar orasida AQSH fuqarosi ham bor bo‘lib, u davolanish uchun Germaniyaga ko‘chirilgan.
Ma’lumot uchun, Ebola ilk bor 1976 yilda Kongo Demokratik Respublikasida aniqlangan. Olimlar virus odamlarga ko‘rshapalaklar orqali yuqqan bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Kasallikning dastlabki alomatlari orasida isitma, mushak og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, charchoq va tomoq og‘rishi kuzatiladi. Keyinchalik qusish, diareya, toshma va ayrim hollarda ichki hamda tashqi qon ketishi rivojlanishi mumkin.
Virus qayd etilgan hududlar orasida Ituri provinsiyasi markazi Bunia, shuningdek Mongvalu va Rvampara shaharlari bor. Poytaxt Kinshasada ham bitta holat tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSST Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandadagi Ebola epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni favqulodda holat hamda boshqa davlatlar uchun xavf tug‘diruvchi omil deb tan olgan edi.
Live
Barchasi