E’zoza Karimova ham yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
05 Oktyabr 1987 1 daqiqa
E’zoza Karimova Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, E’zoza Karimova 1973 yili Namangan viloyati Namangan tumanida tug‘ilgan. 1990-1996 yillarda Toshkent davlat universitetining falsafa fakultetida tahsil olgan. 2021 yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida bo‘lim boshlig‘i, so‘ng Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi bo‘lgan. 2023-2024 yillarda “Yangi O‘zbekiston” universitetida prorektor sifatida faoliyat yuritgan. 2025 yil may oyida esa Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, u 2025 yilning iyulida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan edi.
Joriy yilning 3 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Live
Barchasi