Yo ko‘chib ketadi, yo qonun asosida yashaydi – Prezident ayollarga qo‘l ko‘taradiganlar haqida (video)
Jamiyat
−
07 mart 3380 2 daqiqa
Endi ayollar va bolalarga qo‘l ko‘taradigan odam yo O‘zbekistondan ko‘chib ketadi, yo qonun asosida yashashga majbur bo‘ladi. Bu haqda kecha, 6 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida so‘z ochdi.
Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xotin-qizlar kuni arafasida ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha yangi farmon imzoladi. Davlat rahbari farmonni “ongni o‘zgartiradigan, adolatni o‘rnatadigan hujjat”, deb atadi.
Prezidentning aytishicha, endi xotin-qizlar va bolalarga qo‘l ko‘taradigan shaxslar uchun ikki yo‘l qoladi: O‘zbekistondan ko‘chib ketish yoki qonun asosida yashash.
“Endi xotin-qizlar va bolalarga nisbtan har qanday zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga qarshi qat’iy tizim asosida kurash olib boriladi. Albatta, vaqt qisqa, lekin u farmonni o‘qigan odam tushunadi – juda katta ong o‘zgaradigan farmon, adolat paydo bo‘ladigan farmon. Ayollarga tazyiq ko‘rsatib, yoshlarga qo‘l ko‘targanlar yo O‘zbekistondan ko‘chib ketadi, yo qonun asosda yashashga majbur bo‘ladi. Agar o‘qigan bo‘lsalaring umrbod deb yozib qo‘ydim. Yuristlar qarshi bo‘ldi, lekin men o‘zbek millatida bo‘lishi mumkin emas dedim. Yangi O‘zbekistonda ko‘p millatli xalqimizga yarashmaydi, deb shu yozib qo‘ydi. Qat’iy tizim asosida kurash olib boramiz”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Prezidentning farmoni shuningdek, ayollarga va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratishni maqsad qilgan bo‘lib, endilikda bunday jinoyatlarni sodir etganlar qonuniy javobgarlikdan qocholmaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 mart kuni Prezidentning “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. U bilan Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qilish va uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etganda ularga tegishincha umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilanadi.
Live
Barchasi