Ehtiyotsizlik sabab yo‘lovchini o‘ldirib qo‘ygan haydovchi qamaldi

3-sahifa

image

Jizzax viloyatidagi dala maydonida spirtli ichimlik ichib, ziyofat qilgan haydovchi ehtiyotsizlik tufayli mashinasining orqasida yotgan yo‘lovchini bosib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Keltirilishicha, holat joriy yilning 7 yanvar kuni Zomin tumani Peshag‘or mahallasi Adrabod qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Kirakashlik bilan shug‘ullangan haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia avtomobilida qarz undirish tashvishida yurgan tanishini manziliga olib borgan. Bu orada mashinaga yana bir hamqishlog‘i o‘tirgan. Ular spirtli ichimlik ichib, ziyofat qilish uchun dala maydonidagi bo‘z yerni tanlagan. 

Haydovchi kimdir bilan telefonda gaplashib, jahl ustida mashinani orqaga haydagan. Aynan o‘sha paytda mashinaning orqasida yotgan yo‘lovchilardan birining boshi jarohatlangan. Haydovchi bu xatti-harakatidan qo‘rqib ketib, yo‘lovchini tashlab ketishga qaror qilgan. Haydovchi yana bir sherigini jabrlanuvchi hushiga kelgach, o‘zi ketishiga ishontirgan va kimdir unga telefon qilib so‘rasa, uni bekatda qoldirganligini aytishiga ko‘ndirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tumani sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi. Sudda haydovchi e’tiborsizligi sabab bir inson hayotiga zomin bo‘lganini, unga tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmaganini tan olib, kechirim so‘radi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 3 yil barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvaoroq Toshkentda ayolni bolta bilan o‘ldirgan erkak 23 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchi Jizzax dala Zomin tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing