O‘zbek dzyudochilari xalqaro musobaqada 4 ta medal jamg‘arishdi

Sport

image

Ozarbayjon poytaxti Baku shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turiniri bahslari yakunlandi. Musobaqada munosib qatnashgan O‘zbekiston vakillari umumiy hisobda 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida -52 kgda Sita Qadamboyeva bronza, Diyora Keldiyorova oltin medalga ega chiqdi. Erkaklar o‘rtasida esa +100 kg vazn toifasida Alisher Yusupov kumush, Shohruh Baxtiyorov esa bronza medal sohibiga aylandi.

 Turnirda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar 2024 yilda Parij shahri mezbonlik qiladigan yozgi Olimpiada o‘yinlari yo‘lida muhim reyting ochkolariga ham ega bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston jamoasi musobaqada umumiy hisobda 5-o‘rinni band etdi. 4 ta oltin, 2 ta kumush medalni jamg‘argan musobaqa mezbonlari “Katta dubulg‘a” musobaqasida medallar sarhisobi bo‘yicha 1-o‘ringa ega chiqishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Dzyudo DiyoraKeldiyorova

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing