Dzyudo. Bugun besh nafar o‘zbek dzyudochisi xalqaro turnirda yurishini boshlaydi
Sport
−
05 noyabr 2022
2082Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 5 noyabr kuni 5 nafar O‘zbekiston vakili musobaqadagi dastlabki bellashuvini o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, "Katta dubulg‘a" turniri sportchilarga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida muhim ochkolar o‘ynalishi bilan ham ahamiyatlidir.
O‘zbekistonlik dzyudochilarining bahslari ro‘yxati:
-73 kg: Shahram Ahadov – Bexruz Xojazoda (Tojikiston);
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev – Adam Stodolski (Polsha) / Valterri Olin (Finlyandiya);
-81 kg: Ramazon Allaberdinev – Vladimir Axalatski (Gruziya).
Ayollar:
-63 kg: Sevinch Isoqova – Kerem Primo (Isroil);
-70 kg: Shohista Nazarova – Nyam Erdene Batsuri (Mo‘g‘uliston) / Eboni Deyli(Yamayka).
Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kungi bahslarda -52 kgda Sita Qadamboyeva bronza medalga ega chiqqan bo‘lsa, Diyora Keldiyorova musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi