Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Sport
−
24 dekabr 2021
4052Kecha, 23 dekabr kuni Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasi yilning so‘nggi dzyudo musobaqasi – kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Turnirning so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasida 100 kg, +100 kg, ayollarda esa 78 kg va +78 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki ikki kungi bellashuvlarda bo‘lgani kabi biroz kutilmagan natijalar kuzatildi. Muzaffarbek To‘raboyev, Bekmurod Oltiboyev, Mohinur Parmonova va Shirinjon Yo‘ldosheva o‘z vaznlarida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. O‘tgan yilgi chempion Irisxon Qurbonboyeva bu safar finalda Shirinjon Yo‘ldoshevaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Bekmurod Oltiboyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) reytingida 1208 ochko bilan 29-o‘rinni egallab turibdi.
Erkaklar. 100 kg:
1. Muzaffarbek To‘raboyev (Toshkent shahri)
2. Otabek To‘raboyev (Surxondaryo)
3. Bahrom Rajabov (Toshkent shahri)
3. Aqlmurodbek Xudoyberdiyev (Surxondaryo)
+100 kg:
1. Bekmurod Oltiboyev (Surxondaryo)
2. Elbek Abdullayev (Surxondaryo)
3. Shohruh Baxtiyorov (Toshkent shahri)
3. O‘tkirbek To‘raboyev (Surxondaryo)
Ayollar. 78 kg:
1. Shirinjon Yo‘ldosheva (Xorazm)
2. Irisxon Qurbonboyeva (Xorazm)
3. Pokiza Kamoliddinova (Toshkent shahri)
3. Tursunposhsha Nurmetova (Xorazm)
+78 kg:
1. Mohinur Parmonova (Qashqadaryo)
2. Fotima Quranboyeva (Xorazm)
3. Yulduz Muhammadiyeva (Surxondaryo)
3. Charos Ozodova (Xorazm)
Eslatib o‘tamiz, Muzaffarbek To‘raboyev joriy yilning noyabr oyida Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tgan harbiylar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.