Dushanbedagi sammitda “Arqadag‘” mukofotlandi

Olam

image

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 14-15 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Turkmaniston parlamenti rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oliy mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda “Sputnik Tadjikistan” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Ozarbayjon Prezidenti ishtirokida Gurbanguli Berdimuhamedovga “Faxriy nishon”ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan. “Arqadag‘”ga ordenni Tojikiston Prezidenti topshirgan. 

Gurbanguli Berdimuhamedov oliy faxriy mukofotni qabul qilib olgach, Imomali Rahmonga mehmondo‘stligi, ko‘rsatilgan hurmat va e’tirof uchun minnatdorlik bildirgan.

“Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tomonidan qabul qilingan mazkur qaror Berdimuhamedovning mintaqa davlatlari o‘rtasida do‘stlik, hamkorlikni mustahkamlash va tinchlikni saqlashga qo‘shgan ulkan hissasi munosib baholanishidan dalolat beradi”, deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Turkmaniston Xalq kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga maktub yo‘llab, uni mazkur sammitga taklif qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Gurbanguli Berdimuhamedov Dushanbe Turkmaniston Arqadag'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing