Durov sud tergovi doirasida hibsga olindi – Makron
Olam
−
26 avgust
6945Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bugun, 26 avgust kuni Telegram bosh direktori Pavel Durov hech qanday siyosiy sababsiz sud tergovi doirasida hibsga olinganini aytdi. Bu haqda u o‘zining X'dagi sahifasida yozdi.
"Men Pavel Durov hibsga olinganidan keyin Fransiyaga oid yolg‘on ma’lumotlarga guvoh bo‘ldim. Fransiya so‘z va muloqot erkinligi, innovatsiyalar va tadbirkorlik ruhiga chuqur sodiqdir va shunday bo‘lib qoladi. Huquqiy davlatda fuqarolarni himoya qilish va ularning asosiy huquqlarini hurmat qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarda ham, real hayotda ham erkinliklar qonuniy asosda ta’minlanadi. Qonun ijrosini ta’minlash sud hokimiyatining to‘liq mustaqilligiga bog‘liq. Telegram rahbarining Fransiya hududida hibsga olinishi davom etayotgan sud tergovi doirasida amalga oshirildi. Bu hech qanday siyosiy qaror emas. Bu masala bo‘yicha qaror chiqarish sudyalarning ixtiyorida", deydi Makron.
39 yoshli Durov 24 avgust kuni kechqurun shaxsiy samolyotda qo‘nganidan ko‘p o‘tmay Parij tashqarisidagi Le Burje aeroportida hibsga olingan.
"Le Provans"ning yozishicha, Milliy politsiyaning Voyaga etmaganlar boshqarmasi (OFMIN) Durovni hibsga olish uchun order bergan va tergov jandarmeriya milliy kiber bo‘limi va firibgarlikka qarshi kurash milliy byurosiga topshirilgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, order gumon qilinayotgan jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, narkotik moddalar savdosi, kiberbulling, uyushgan jinoyatchilik, bolalarga qarshi jinoyatlar va terrorizmni targ‘ib qilish bo‘yicha dastlabki tergov doirasida berilgan.
LiveBarchasi