Do‘ppi tor keldi-yov. Ortiqxo‘jayev hokimlik binosini talabalar uchun yotoqxona qurishga berib yubordi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hokimlikning Mirobod tumani, Pomir ko‘chasi, 34-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini talabalar yotoqxonasiga aylantirishga oid qarorni imzoladi. 

Qayd etilishicha, ushbu hujjat Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 489-G‘ sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. 

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining mazkur farmoyishiga muvofiq, Toshkent davlat transport universitetiga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy talabalar turar joyini barpo etish uchun Toshkent shahar hokimligining Mirobod tumani, Pomir ko‘chasi, 34-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari operativ boshqaruv huquqi bilan bepul beriladi.

Qarorda “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” davlat unitar korxonasiga Pomir ko‘chasi, 34-uy manzilida joylashgan umumiy maydoni 4 648,0 kv metr bo‘lgan bino va inshootlar tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi bilan Universitetga belgilangan tartibda bepul topshirilishini ta’minlash yuklangan. 

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, ushbu bino va inshootlar o‘rnatilgan tartibda davlat kadastri ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonlari boshlanib, ko‘plab talabalar o‘qishning birinchi haftasidayoq ko‘chada qolishi ortidan hokim Ortiqxo‘yev do‘ppi tor kelganini sezdi va Yashnobod tumanida yangi bunyod etilgan “Tashkent index” savdo-ishlab chiqarish majmuasi hududida bo‘sh turgan 10 ming o‘rinli tadbirkorlar binosini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar uchun turar joyga aylantirish bo‘yicha qaror qabul qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

862

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing