Voyaga yetmagan opa-singillar gazdan zaharlanib vafot etdi
Jamiyat
−
12 noyabr 2019
5715Shu kunlarda O‘zbekistonning u yoki bu hududida gazdan zaharlanib vafot etish holatlari ko‘payyapti. Shunday baxtsiz hodisaning navbatdagisi Farg‘ona viloyatida yuz berdi.
Kecha, 11 noyabr kuni soat 06:30 larda Rishton tumani, “Zarariq” mahallasida yashagan voyaga yetmagan opa-singillar hammomda tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi.
Opa-singillar yashash xonadonidagi hammomga yuvinish maqsadida kirishgan vaqtida hammomni isitish uchun qo‘lbola usulda yasalgan pechga ulangan tabiiy gaz o‘chib qolishi natijasida tabiiy gazdan zaxarlanishib, hodisa joyida vafot etishgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi