Dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan birgaman — Lionel Messi

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messi yangi klubi bilan yana bir bor Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish niyati borligini aytib o‘tdi.

“Mening orzuim — Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish. Men mukammal jamoaga keldim. Bu yerda dunyoning eng yaxshi futbolchilari yig‘ilgan. Yozgi transferlarda olib kelingan futborlchilarsiz ham, so‘nggi yillarda PSJ Chempionlar Ligasini yutishga yaqin keldi”, dedi Messi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ yozgi transferlar oynasida, Ashraf Hakimi, Danilu Perreyra, Jorjino Veynaldum, Serxio Ramos, Janluiji Donnarumma, Serxio Ramos va Lionel Messi uchun 76 million yevro sarfladi. Ularning umumiy yillik maoshi esa soliqlar bilan birgalikda 140 million yevroga teng.

Avvalroq, PSJ prezidenti Ronaldu, Messi va Neymarni bir jamoada o‘ynatish orzusi borligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Lionel' Messi PSJ

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing