Dunyoning eng sochi uzun futbolchisi tarmoq yulduziga aylandi (video)
Sport
−
11 iyun
7813KONKAKAF mintaqasida 2026 yilgi Jahon chempionati saralashining 2-bosqichi o‘yinlari boshlandi.
Saralashda 30 ta terma jamoa, jumladan, Jahon chempionati mezbon davlatlari AQSH, Kanada va Meksika ishtirok etmoqda.
9 iyun kuni 2-tur uchrashuvida Angilya jamoasi o‘z maydonida Surinamga qarshi bahs olib bordi va o‘yinning birinchi bo‘limida Angilya yarim himoyachisi Edan Ssipio raqibni jarima maydonchasi ichida qo‘pollik ishlatdi, ammo hakam qoidabuzarlikka e’tibor qaratmadi.
Ssipioning aynan Surinamga qarshi o‘yindagi epizodi tarmoq foydalanuvchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu esa uning uzun sochlari bilan bog‘liq.
E’tiborlisi, 33 yoshli Ssipio zamonaviy futboldagi eng uzun soch egasi sifatida tanilgan. Uning sochlari bemalol yerga tegadi.
Ma’lumot uchun, Ssipio yoshi katta bo‘lishiga qaramay, Angilya terma jamoasidagi debyutini faqat 2021 yilda o‘tkazdi. Hozirga qadar u termasi tarkibida 4 ta bahsda maydonga tushdi.
Angilya-Surinam o‘yini surinamliklarning 4:0 hisobida yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
LiveBarchasi