Dunyoning eng “saxiy davlatlari” ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSH, Turkiya va Germaniya yalpi ichki mahsulotga nisbatan eng ko‘p gumanitar yordam ko‘rsatayotgan davlatlar reytingida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Britaniyaning “Development Initiatives” tashkiloti tomonidan e’lon qilingan 2021 yil uchun tuzilgan dunyodagi eng “saxovatli davlatlar” global reytingida ko‘rsatilgan.

Reytingda o‘tgan yili 9,768 mlrd dollarga teng insonparvarlik yordami ko‘rsatgan AQSH yetakchilik qilmoqda. Amerika 2020 yilga nisbatan 12,3 foiz ko‘p insonparvarlik yordami ko‘rsatgan.

Turkiya ikkinchi o‘rinda. Turkiya hukumati tomonidan o‘tgan yili gumanitar operatsiyalar uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 5,587 milliard dollarni tashkil qilgan. Biroq mamlakat o‘tgan yilga nisbatan 23,3 foiz kam yordam ajratgan.

Uchinchi o‘rin Germaniyaga nasib qilgan. Mamlakat 2021 yilda 3,166 mlrd gumanitar yordam ko‘rsatgan. Bu 2020 yilga nisbatan 11,2 foizga ko‘p.

O‘z navbatida, 2021 yilda Yaman, Suriya, Falastin, Afg‘oniston, Efiopiya va Janubiy Sudan eng ko‘p gumanitar yordam olgan.

“Anadolu” agentligining yozishicha, 2013, 2014 va 2015 yillarda Turkiya bu ro‘yxatda uchinchi, 2016 va 2020 yillarda ikkinchi, 2017, 2018 va 2019 yillarda esa birinchi o‘rinni egallagan. 2020 yilda ko‘rsatilgan insonparvarlik yordami hajmining YAIMga nisbati bo‘yicha davlatlar ro‘yxatida Turkiya yetakchi bo‘lgan.

Shu bilan birga, hisobot mualliflari insonparvarlik yordami hajmini hisoblashda Turkiya tomonidan mamlakatdagi suriyalik qochqinlarga ko‘rsatilgan yordamni hisobga olmaganini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

insonparvarlik yordami

Baholaganlar

375

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing