Dunyoning eng ko‘p “podpischik”ga ega odami ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi va “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda 500 million obunachiga ega bo‘lgan birinchi odam bo‘ldi. Bu haqda “Bleacher Report” xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, 36 yoshli futbolchining Instagram akkauntida 261 million, Facebook’da 148 million, Twitter’da esa 91 million kuzatuvchisi bor.

 

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu 2018 yilning yozgi transferlar oynasida “Real Madrid”dan Italiyaning “Yuventus” klubiga o‘tgan edi. Bunga qadar Krishtianu Angliyaning “Manchester Yunayted” va Portugaliyaning “Sporting” klublarida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Facebook Ronaldu Portugaliya Instagram Twitter Roni “Manchester Yunayted“ “Real Madrid“ “Yuventus“

Baholaganlar

339

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing