Dunyoning eng kuchli UFC jangchilari reytingi yangilandi

Sport

image

UFC (Ultimate Fighting Championship) vazn toifasidan qat’iy nazar (pound for pound) eng kuchli jangchilarning reytingini e’lon qildi. Bu haqda promoushenning rasmiy saytida xabar berildi.

Ushbu reytingda UFC'ning yarim og‘ir vazn toifasida mutloq dominant chempion Kamaru Usman yetakchilik qilmoqda.

Kuchli uchlikka Aleksandr Volkanovski va Israel Adesanya yakun yasab bergan. Shuningdek, yengil vazn toifasining yetakchilaridan biri Brendon Moreno ushbu reytingga birinchi marotaba kiritilganini e’tirof etish kerak. Meksikalik jangchiga 14-pog‘ona nasib etgan.

O‘zbekistonlik muxlislar orasida mashhurlikka erishgan Islom Maxachev hozircha ushbu reytingdan joy olmagan. Ammo uning bo‘lajak raqibi braziliyalik Charlz Oliveyra 4-o‘rinda qayd etilgan.

Vazn toifasidan qat’iy nazar dunyoning eng kuchli UFC jangchilari bilan tanishing:

1. Kamaru Usman 

2.  Aleksandr Volkanovski,

3.  Israel Adesanya,

4.  Charlz Oliveyra,

5.  Frensis Ngannu,

6.  Aljemeyn Sterling,

7.  Dastin Pore,

8.  Deyveson Figeredo,

9.  Irji Proxazka,

10.  Maks Xollouey,

11.  Jon Jons,

12.  Stipe Miochich,

13.  Petr Yan,

14.  Brendon Moreno,

15.  Robert Uittaker.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Kamaru Usman Charl'z Oliveyra Islom Maxachev

Baholaganlar

1203

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing